Tomskdagi yong‘in sabablarini hukumat komissiyasi o‘rganadi

Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmasiga asosan yong‘in sabablarini o‘rganish, jabrlanganlar va halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish maqsadida hukumat komissiyasi tuzildi.
Sputnik

TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmasiga asosan yong‘in sabablarini o‘rganish, jabrlanganlar va halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzilib, unga qator vazifalar yuklatildi. FVV xabariga asosan.

FVV Tomskdagi fojiada halok bo‘lganlarning shaxsiga oydinlik kiritdi

Jumladan:

- halok bo‘lgan fuqarolar va jabrlanganlarning yaqinlariga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish;

- jabrlanganlar va halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadini Vatanga olib kelish bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘rish;

- Rossiya mutaxassislari bilan hamkorlikda yong‘inni kelib chiqish sabablarini o‘rganish;

- mahalliy hokimiyat va o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda vafot etgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish va ularning oila a’zolariga dafn marosimlarini o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish.

Bugun, 21-yanvar kuni Rossiyaning Tomsk viloyati, Asino tumanida bir qavatli yog‘ochdan qurilgan yong‘in sodir bo‘ldi va uning oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. FVV tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida halok bo‘lgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritildi.