Serbiya Rossiyadan “Pansir-C1” sotib oldi

Serbiya o‘z havo hududini himoya qilish uchun Rossiyadan "Pansir-C1" havo mudofaa tizimlarini sotib oldi.
Sputnik

TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Serbiya Rossiyadan "Pansir-C1" havo mudofaa majmuasini sotib oldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"O‘tgan yil "Pansir-C1" havo mudofaasi tizimlarining bitta batareyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi. Uni amalga oshirish boshlandi, bu 2020-yilda yakunlanadi", - deyilgan xabarda.

Bitta batareyaga oltita "Pansir-C1" majmualari kiradi. Oktabr oyi oxirida Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich "Slavan qalqoni" mashqlarida xaridlar haqida gapirib o‘tgan edi, ammo unda gap faqat bitta kompleks haqida edi.

Keyin Vuchich Belgradning S-400 "Triumf"-ni sotib olish istagi borligini ta’kidladi.

Serbiya Rossiyaning Yevropadagi qurollari va harbiy texnikalarini eng yirik importchisi hisoblanadi. Avvalroq, respublika Moskvadan yettita Mi-17 va Mi-35 vertolotlarini sotib olgan, shuningdek, oltita MiG-29 qiruvchi samolyoti va o‘nta BRDM-2MS bronetransportorlarini sovg‘a sifatida olgan.

"Pansir-C1" - bu yaqin masofalarda muhim strategik obyektlarni himoya qilishgu moslashgan tizim bo‘lib, uning tarkibiga nishonni kuzatib boruvchi radar, 30 millimetrli 2ta tezotar artilleriya pushkalari kiradi hamda 12tagacha zenit-raketalari kiradi. Majmua raketalari 5-15 km balandlikdagiva 20 km uzoqliqdagi nishonlarni yo‘q qilishi mumkin.