Rossiyada bosh prokuror o‘zgarmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu lavozimga Tergov qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Igor Krasnovni taklif qildi.
Sputnik

TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Yuriy Chayka Rossiya bosh prokurori lavozimini tark etmoqda. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qildi.

“Yuriy Chayka boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan Rossiya bosh prokurori lavozimidan ozod qilindi”, - deyiladi xabarda.

Dushanba, 20-yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu lavozimga Tergov qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Igor Krasnovni taklif qildi.

Federatsiya Kengashi Chaykaning vazifasidan ozod qilinishi va Krasnovni tayinlanishi masalalarini 22-yanvar kuni ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda, deya yozadi RIA Novosti.

Yuriy Chayka bosh prokuror lavozimida 2006-yil iyun oyidan beri faoliyat yuritib kelayotgan edi.