O‘zbekistonda dollar va yevro pasaydi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 3,71 so‘mga pasaydi.
Sputnik

TOShKENT, 20 yanv – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan  21 yanvardan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 3,71 so‘mga kamayib, 9 547,05 so‘m tashkil qildi.

Yevro 34,68 so‘mga pasaydi va 10 585,77 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli ham 1,53 so‘mga pasaydi va 155,06 co‘mni tashkil qildi.