Otasining mehrini pul shaklida olayotgan bola unga salom yo‘lladi

Sirdaryo tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor I.Usmanovdan undiruvchi D.Yunusova foydasiga 1 nafar farzandi uchun aliment to‘lovlarini undirish belgilangan.
Sputnik

TOShKENT, 20 yanv – Sputnik. Suratda bolakay ancha yillardan beri ko‘rmagan, mehrini ilk marotaba pul shaklida ifoda etayotgan otasiga salom yo‘llamoqda. U onasiga kelib tushgan pul evaziga yaqinda sport formasiga ega bo‘lishidan xursand. Ushbu surat va ma’lumotlarni MIB matbuot xizmati taqdim etdi.

Qayd etilishicha, ota farzandidan xabar olish tugul, alimentni ham davlat ijrochisining ta’siri ostida to‘lab kelgan. Beg‘ubor murg‘ak qalb o‘z murojaatida otasini sog‘inayotgani, sport to‘garagi uchun forma olishni xohlayotganini yozgan.

Sirdaryo tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor I.Usmanovdan undiruvchi D.Yunusova foydasiga 1 nafar farzandi uchun aliment to‘lovlarini undirish belgilangan.

Farzandidan kelgan bu salom xatidan so‘ng otaning mas’uliyati o‘zgargan, u farzandining moddiy ta’minoti uchun 945 ming so‘m aliment pullarini to‘lab bergan.