Nasimovning diplom ishi sifatida olgan filmi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik yosh kinorejissorning filmi Belarussiyaning Minsk shahrida o‘tkazilgan “Ladoshka” xalqaro festivalida g‘olib bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. O‘zbekistonlik yosh kinorejissor Fotih Nasimovning “Alla” qisqa metrajli filmi Belarussiyaning Minsk shahrida o‘tkazilgan “Ladoshka” xalqaro festivalida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Qayd etilishicha, film festivalning “Eng yaxshi qisqa metrajli film” nominatsiyasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

Nasimovning diplom ishi sifatida olgan filmi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Kinorejissor Hilol Nasimovning o‘g‘li bo‘lgan Fotih Nasimov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Kino televidenie rejissorligi” bo‘limining 1-kurs magistraturasida o‘qiydi.

“Alla” qisqa metrajli filmini Fotih Nasimov o‘quv davridagi diplom ishi sifatida, davlat granti asosida suratga olgan.

Bundan avval, ushbu film Qozog‘istonning Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan “Bastau” xalqaro kinofestivalida ham qatnashgan.