Londonda Cho‘lponning mashhur asari tarjimasi taqdim etildi

Londonda ilk marotaba ingliz tiliga tarjima qilingan “Kecha va kunduz” romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 20 yanv – Sputnik. Angliyaning London shahrida ilk marotaba ingliz tiliga tarjima qilingan “Kecha va kunduz” romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati ma’lum qildi.

Bosh prokuratura qimmatbaho asarni davlatga qaytardi

Qayd etilishicha,  2020-yilning 17-yanvar kuni O‘zbekistonning London shahridagi Elchixonasida zamonaviy o‘zbek she’riyati  va adabiyoti asoschi Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning ilk marotaba ingliz tiliga tarjima qilingan “Night and Day” (“Kecha va kunduz”) romanining taqdimoti bo‘lib o‘tgan.

Asar AQShning Michigan universiteti slavan tillari va adabiyoti kafedrasi ma’ruzachisi, yosh olim —  Kristofer Fort tomonidan tarjima qilingan.

Kristofer ushbu asarni tarjima qilishdan avval bir yil davomida O‘zbekistonda yashab, o‘zbek tilini o‘rgangan.

Jumladan, XX asr o‘zbek adabiyoti bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishi uchun materiallar to‘plagan.  2019-yilda dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Yosh olim ushbu tarjimasi orqali xalqning madaniy-tarixiy an’analari, musulmon islohotchilarining taraqqiyparvar g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan XX asr boshidagi o‘zbek sotsrealizmi adabiyoti noyobligini isbotlab bergan, -deyiladi xabarda.