O‘zbekiston BAAni yer bilan yakson etib, yarim finalga yo‘l oldi

Tailandda o‘tayotgan futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati—2020 musobaqasining chorak finalida O‘zbekiston BAA ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Sputnik

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Tailandda o‘tayotgan futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati—2020 musobaqasining chorak finalida O‘zbekiston BAAga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida hisob ochildi. Said Abdulla BAA jamoasini oldinga olib chiqishga erishdi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAga qarshi maydonga tushadi

Uch daqiqa o‘tib Ilhomjon Alijonov olis masofadan raqib darvozasini aniq ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. 25-daqiqada hakam VARga murojaat qilgach, BAA darvozasi tomon penalti belgiladi. Islomjon Qobilov o‘zining aniq zarbasi bilan O‘zbekiston jamoasi oldinga olib chiqdi. Oybek Bozorov o‘yinning 41 daqiqasidagi goli raqib ustidan ustunlikni oshirishga yordam berdi.

Jasurbek Yaxshiboyev uchrashuvning 86-daqiqasida chiroyli gol muallifiga aylandi jamoani yarim final sari yetakladi. Ushbu o‘yindagi beshinchi gol ajoyib hujum uyushtirgan Nurillo To‘xtasinov hisobiga yozildi. Shu tariqa, O‘zbekiston BAA jamoasi yer bilan yakson etib, yarim finalga chiqdi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 22-yanvar kuni final yo‘llanmasi uchun Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi.