Bloomberg: Trampning Rossiya bo‘yicha maslahatchisi iste’foga chiqdi

Endryu Pik kelasi hafta Amerika yetakchisi Donald Tramp bilan Davosdagi iqtisodiy forumga borishi kerak edi.
Sputnik

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya bo‘yicha maslahatchilaridan biri Endryu Pik iste’foga chiqdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar qilmoqda.

Agentlik manbasi ma’lumotlariga qaraganda, Pik Oq uyni juma kuni tark etgan.

Avvalroq unga nisbatan xavfsizlik bilan bog‘liq surishtiruv o‘tkazilgani xabar qilingandi. Pik kelasi hafta Tramp bilan Davosdagi iqtisodiy forumga borishi kerak edi.

Endryu Pik Milliy xavfsizlik kengashida Yevropa va Rossiya ishlari bo‘yicha katta direktor lavozimida uch oy faoliyat yuritdi.