O‘tgan yilda investitsiyalar kutilganidan 2 baravar ko‘p bo‘ldi – vazirlik

O‘tgan yilda O‘zbekistonga umumiy hisobda 50dan ortiq davlat investitsiya kiritgan, lekin eng yirik investorlar bu – Xitoy, Rossiya va Germaniya bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirlgi xabar qilishiga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekiston iqtisodiga kiritilgan investitsiyalar miqdori kutilganidan 2 baravar ko‘p bo‘lgan.

“2019 yil davomida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmi 220,7 trln so‘mga yetkazilib, tasdiqlangan yil prognoziga nisbatan 2 barobarga o‘sdi”, - deyilgan xabarda.  

Vazirlik xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga kiritilgan investitsiyalarning umumiy miqdori 13,3 mlrd.doll.ni tashkil qilgan bo‘lib, undan 9,3 milliard dollar - to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar, 4 milrd dollar - davlat kaflati ostidagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar.

Vaholanki, o‘tgan yilda BMT (YuNKTAD) butun dunyoda investitsiyalar miqdori 19 %ga kamayganini qayd etgan. Shunday vaziyatda O‘zbekistonda investitsiyalar miqdori 2018-yilga nisbatan 3,2 baravar o‘sgan.   

O‘zbekistonga umumiy hisobda 50dan ortiq davlat investitsiya kiritgan bo‘lsa-da, ular orasida eng yirik investorlar bu – Xitoy, Rossiya va Germaniya bo‘lgan.