Shavkat Mirziyoyev senatorlarni tayinladi

Prezident tomonidan taqdim etilgan senatorlar ro‘yxati e’lon qilindi. Undan 16 kishi o‘rniga 13 kishi taqdim etilgan.
Sputnik

TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyasining 77-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida farmonni imzoladi. 

Prezident farmoniga muvofiq 13 nafar senatorlar ro‘yxati tasdiqlandi:  

  1. Ayupov Shavkat Abdullayevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori
  2. Basitxanova Elmira Irkinovna - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
  3. Rafiqov Kudratulla Mirsagatovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi
  4. Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari
  5. Saidov Sirojiddin Saloxovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
  6. Sayfullayev  Baxtiyor - O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori
  7. Sanakulov Kuvandik - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori
  8. Safoyev Sodiq Solixovich - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari
  9. Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi
  10. Turdiyev Sodiqjon - O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi
  11. Xodjimatov Minxajidin Mirzajanovich - Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari
  12. Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi
  13. Yuldashev Bexzod Sadikovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Oliy Majlisining yuqori palatasi - Senat, hukumatining hududiy kesimi prinsipini o‘zida aks etgan boshqaruv organi bo‘lib, jami 100 nafar senatordan iborat. Qonunga ko‘ra Senatga har bir viloyatdan 6 nafar senator saylanishi hamda prezident tomonidan 16 nafar senator tasdiqlanishi nazarda tutilgan.