"Chorrahadagi dirijor" - toshkentlik mahoratli harakat boshqaruvchisi haqida

Mahoratli dirijer kabi deb yozgan edi mashhur “Ogonyok” jurnali toshkentlik yo‘l boshqaruvchi Sodiq Qosimov haqida 1966-yilda.
Sputnik

TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. Bir necha kun oldin internet sahifalaridana birida Toshkentlik yo‘l-harakati boshqaruvchisi starshina Sodiq Qosimovning fotosuratlari paydo bo‘lgan edi.

O‘tmishga nazar: Sobiq ittifoq go‘zallari qanday kiyinishgan – foto

Fotosurat bir zumda ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi. Unda aks etgan mo‘ylovli yo‘l boshqaruvchining yorqin timsoli ko‘pchillikni befarq qoldirmadi. Keyinchalik Tashkent Retrospektive sahifasida ushbu mashhur boshqaruvchi haqida “Ogonyok” gazetasida chop etilgan maqola ham chiqarildi.

“Chorrahadagi odam” sarlavhali maqola 1966-yilda militsiya kuni arafasida bosib chiqarilgan. Eslatib o‘tamiz o‘sha yil Toshkentda mudhish yer qimirlashi sodir bo‘lgan edi...

“Toshkent chang, benzin, tuproq, sement va asfaltga botib ketgan... Ko‘chalar yuk avtomobillariga to‘la. Kraz, Maz, Zil va chaqqon Gaziklarda – Moskva, Kiyev, Tbilisi, Kishinev va Leningrad shaharlari nomerlari...

"Chorrahadagi dirijor" - toshkentlik mahoratli harakat boshqaruvchisi haqida

26 apreldan buyon shahardagi mashinalar soni bir necha mingga oshdi. Yo‘llarda esa ertadan kechgacha – mashinalar liq to‘la. O‘zbekiston poytaxtiga esa yana va yana qurilish texnikasi va mashinalar kelmoqda. Tezkor yuklar, sement, graviy, beton panellari va yog‘och materiallar to‘xtovsiz oqim bilan shahar chetidagi ulkan qurilish maydonlariga yetkazib berilmoqda.

Biz reportaj qahramonini eng gavjum chorrahadan topdik. Jazirama issiq va chang to‘polonga qaramasdan Sodiq-aka virtuoz dirijer kabi avtomobillar oqimini boshqarib turar edi. Avtomobillarni boshqarishda nafaqat uning qo‘li va tayoqchasi, balkim yuzi va ko‘zlari hatto ulkan mo‘ylovlari ham ishtirok etardi”, - deb yozlgan Ogonyok jurnali muallifi Yu. Sbitnev.   

Toshkent shahar IIBB chop etgan maqolada aytilishiga qaraganda Sodiq aka Toshkentning “Yosh gvardiya” kinoteatri oldidagi va boshqa bir necha chorrahalarida xizmat qilgan. Uzoq yillar (36 yil) davomida uning ishida biror marotaba kamchilik topilmagan. Aksincha starshina 83 marotaba maqtov yorliqlari olgan. Shuningdek Sodiq Qosimov “Qizil bayroq” va “Qizil yulduz” ordenlari sohibi bo‘lgan.

"Chorrahadagi dirijor" - toshkentlik mahoratli harakat boshqaruvchisi haqida