O‘zbekistonning eng namunali hududlari ma’lum bo‘ldi

Eng namunali hududlar tanlovida Samarqand birinchi o‘rinni Toshkent shahri va Namangan ikkinchi o‘rinni egallashdi.
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv - Sputnik. Respublikaning tarixiy va go‘zal viloyatlaridan biri bo‘lgan Samarqand “Yilning eng namunali hududi” deya e’tirof etildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Qayd etilishicha, Toshkentdagi “Zarafshon” kinokonsert zalida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yil tanlovi - 2019” taqdirlash marosimida Respublikadagi eng namunalar hududlar aniqlangan.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Samarqand "Yilning eng namunali hududi" deb topilgan. Toshkent shahri va Namangan viloyati esa teng ravishda ovoz to‘plab, II o‘rinni band etgan.

Shuningdek, III-o‘rin Andijon va Navoiy viloyatlariga nasib etgan.

Hududlar nomi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tomonidan e’lon qilingan.