Surxondaryoda “qizil oltin” yetishtirilmoqda

Surxondaryoning Sariosiyo va Uzun tumanlarida noyob va kamob o‘simliklar turi hisoblangan - za’faron yetishtirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Surxondaryoning Sariosiyo va Uzun tumanlarida noyob va kamob o‘simliklar turi hisoblangan - za’faron yetishtirilmoqda. Bu haqda O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Noyob o‘simlik shirasini yig‘ish uchun fuqarolardan katta pul olgan guruh fosh etildi

Qayd etilishicha, ushbu foydali minerallarga boy nodir o‘simlikdan qadimda bo‘yoq olish maqsadida foydalanilib, bugungi kunda tibbiyotda ham qo‘llanilib kelinmoqda. 

O‘zbekistonda za’faron yetishtirish va plantatsiyalarni tashkil etish farmatsevtika, parfumeriya va oziq-ovqat sanoatinining rivojlanishiga, oziq-ovqat ziravori eksportining yo‘lga qo‘yilishiga bevosita xizmat qiladi. 

2019 yil sentabr oyida Sariosiyoda 3 gektar maydonga za’faron tuganak piyozlarini qadalgan bo‘lib, joriy yilda hosil yig‘ib olinmoqda. 

Ayni damda Surxondaryoning Uzun tumanida ham 50 sotix maydonga za’faron ekilgan. Hozirgi kunda o‘sib chiqqan za’faron gullarini terib olib, qo‘shni davlatlarga eksport qilish uchun shartnmalar tuzilgan. Mahsulotlarni eksport qilish uchun yevropa mamlakatlaridan sertifikatlar olingan.

Za’faron gulsafsardoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, ham dorivor giyoh ham xushtam ziravor hisoblanadi. U asosan issiq va qiya yerlarda yaxshi hosil beradi. Za’faron gulining ustunchalaridan olingan mahsulot pazandalik va farmatsevtikada ishlatiladi. Gul barglaridan esa choy tayyorlashda foydalanish mumkin. Za’faron sharqda “qizil oltin” deb nomlangan.

Za’faron tarkibida bir qator minerallar, kaliy, kalsiy, magniy, natriy, temir moddasi, qand, efir moyi, fosfor rang beruvchi kerosin, azotli moddalar va ko‘plab vitaminlar mavjud.

Shu bois za’faron yetishtiruvchi korxona xodimlari mazkur o‘simliklikdan bir necha mahsulot ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ygan.