Saylangan senatorlar ro‘yxati e’lon qilindi

Markaziy saylov komissiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, tegishli viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining Senat a’zolari saylovi natijalarini e’lon qildi.
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi parlamentning yuqori palatasi - Senatga o‘tkazilgan saylovlar natijalarini e’lon qildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ta’kidlanishicha, 16-17 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 78-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, tegishli viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining Senat a’zolari saylovi bo‘yicha qo‘shma majlislari o‘tkazildi.

Saylov natijalariga ko‘ra, 100 nafar senatordan 84 nafari (16 nafari prezident tomonidan tayinlanadi) - har bir hududdan 6 nafardan saylandi. 

Saylangan senatorlar ro‘yxati e’lon qilindi

Senatorlarning to‘liq ro‘yxati Adliya vazirligi xabariga keltirilgan.

Saylangan senatorlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq, Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.