Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosiga qo‘pollik qilgan xodimaga chora ko‘rildi

Sankt-Peterburgdagi Yagona oyna xodimasi O‘zbekiston fuqarosiga qo‘pollik qilgani uchun intizomiy javobgarlikka tortildi.
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Sankt-Peterburgdagi Yagona oyna xodimasi O‘zbekiston fuqarosiga qo‘pollik qilgani uchun intizomiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xodimi ma’lum qildi.

Sankt-Peterburg migrantlar uchun bayramga 1,5 mln rubl sarflaydi

Qayd etilishicha, Sankt-Peterburgning Viborg tumanida O‘zbekiston fuqarosi “yagona oyna” — davlat va munitsipal xizmatlarni ko‘rsatish markazi xodimasining xizmati ko‘rsatish uslubidan norozi bo‘lgan.

Shu bois uning ustidan boshqa millat vakili bo‘lgani sababli hurmatsizlik qilingani yuzasidan Sankt-Peterburg ombudsmaniga shikoyat qilgan.

Markaz inspektori esa beparvolik bilan O‘zbekiston fuqarosi arizasini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortgan va qo‘pollik bilan pasport va hujjatlarini uning oldiga tashlagan.

Fuqaro hujjatlarning to‘g‘riligini tekshirib, boshqa inspektorni kutishga majbur bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida, markaz xodimasi ushbu xatti-harakatlari uchun O‘zbekiston fuqarosidan uzr so‘ragan va intizomiy javobgarlikka tortilgan.