Noyob o‘simlik shirasini yig‘ish uchun fuqarolardan katta pul olgan guruh fosh etildi

Kavrak (ferula) o‘simligi shirasini yig‘ish uchun fuqarolarning 170 000 dollarni qo‘lga kiritgan shaxslarning firibgarligi fosh etildi.
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Bosh prokuratura Surxodaryo viloyatida Kavrak (ferula) o‘simligi shirasini yig‘ish uchun fuqarolarning 170 000 dollarni qo‘lga kiritgan shaxslarning firibgarligi fosh etilgani haqida xabar qildi.

Toshkent prokuraturasi internetda tarqalgan videorolik uchun uzr so‘radi

Xabarda aytilishicha, BP huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.E.” xususiy korxonasi rahbari D.K o‘zining sheriklari bilan fuqarolar G.A. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni aldab, 2018 va 2019-yilning yanvar-iyul oylarida Surxondaryo viloyatining tog‘ va tog‘oldi yalangliklarida o‘suvchi noyob hisoblangan kavrak (ferula) o‘simligi shirasini shartnoma asosida yig‘ish uchun ruxsat olib berishi evaziga, fuqarolar G.A. va boshqalarning jami 170 000 AQSh dollari va 53,0 mln. so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.K. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.