Grigoranni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

Huquq tartibot organ xodimlari Nariman Grigoranni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Unga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Huquq tartibot organ xodimlari Nariman Grigoranni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga oldi, deb xabar qildi Toshkent shahar prokuraturasi.

Grigoran o‘limiga doir yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi

"Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 14.01.2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida N.Aning qotili aniqlanib, ayb e’lon qilindi va unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi  qo‘llanildi", - deyilgan xabarda.