O‘zbekistonning ayrim hududlari elektr energiyasiz qoldi

Ta’kidlanishicha, “Tallimarjon” IESdagi nosozlik sabab O‘zbekistonda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekistonning ayrim hududlarida elektr energiya ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. 

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bunga “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi”(IES)ning elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qurilmasida nosozlik sabab bo‘lmoqda. Ta’kidlanishicha, hozirda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

“Shu munosabat bilan respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda. Nosozlik bartaraf etilgach, elektr ta’minoti yaxshilanadi”, - deyilgan xabarda.