Toshkent prokuraturasi internetda tarqalgan videorolik uchun uzr so‘radi

Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda ish o‘rganuvchilarni jinoyat sodir bo‘lgan voqea joyiga olib chiqib o‘qitish jarayonida olingan suratlar asosida tayyorlangan videorolik joylashtirildi.
Sputnik

TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. Toshkent shahar prokuraturasi internetda tarqalgan videorolik yuzasidan bayonot berdi.

Soxta Yulduz Usmonova – shov-shuvli konsertdan video

Unda aytilishicha, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan joriy yilning 15-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda xususan, “Instagram”, “Facebook” tarmoqlari hamda “Telegram” kanallariga joylashtirilgan ish o‘rganuvchilarni jinoyat sodir bo‘lgan voqea joyiga olib chiqib o‘qitish jarayonida olingan suratlar asosida tayyorlangan videorolik ichki xizmatda foydalanish uchun tayyorlangan bo‘lib, rasmiy kanalga joylashtirish uchun tayyorlangan boshqa 4 ta material bilan birgalikda operator xatosi bilan yuklangan.

“Shu sababli, Toshkent shahar prokuraturasi zudlik bilan ushbu videorolikni rasmiy kanaldan olib tashlash choralarini ko‘rdi va fuqarolardan mazkur holat uchun uzr so‘raydi”, - deb qo‘shimcha qilingan bayonotda.