Lavrov Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari haqida: biz qog‘ozda emas, amalda ittifoqchimiz

Rossiya Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrov Moskva davlat xalqaro munosabatlar univesitetining Toshkentdagi filialida nutq so‘zladi va jurnalist va talabalar savollariga javob berdi.
Sputnik

Talabalaridan biri Moskva va Toshkent o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning uchta asosiy yo‘nalishlari haqidagi savol berdi. Rossiyalik diplomat bu birinchi navbatda xavfsizlik, iqtisodiyot va gumanitar sohaga tegishli ekanligini ta’kidladi.

"MGIMOga o‘qishga kiring": Lavrov yangi maqomi haqidagi savolga yumor bilan javob berdi

“Biz eng yuqori darajada, shu jumladan hukumatlararo komissiya va boshqa institutlar bo‘yicha faol hamkorlik qilmoqdamiz. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri xavfsizlik masalalari - biz nafaqat strategik sheriklarmiz, balki ittifoqchimiz. 2005-yilda tegishli shartnoma imzolangan va u hanuzgacha amal qiladi. Iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda juda yaxshi istiqbollarga egamiz. Gumanitar loyihalar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda Rossiyada 30 mingga yaqin o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda, shundan 6 ming nafari stipendiya olishmoqda. O‘zbekiston rahbarining iltimosiga binoan biz budjet asosida o‘qishga kirayotgan o‘zbekistonlik talabalarning sonini oshirish masalasini ko‘rib chiqamiz”, - dedi Lavrov.

Diplomat, shuningdek, O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining bu uch jihatidan tashqari, ikki mamlakatning xalqaro maydonda koordinatsiyasiga e’tibor berish kerakligini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent va Moskva global kun tartibining muhim jihatlari, xususan, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha bir-xil pozitsiyaga ega.

"O‘zbekiston ham, Rossiya ham asosiy narsa bu mamlakatdagi mojaroning barcha tomonlarini dinlararo, siyosiy va boshqa darajalarda yarashuvga erishish zarurligini tushunadi. Ammo Afg‘oniston taqdirini faqat uning xalqi hal qilishi mumkin, biz esa bu jarayonga hissamizni qo‘shamiz, lekin hech qachon ham o‘z fikrlarimizni zo‘rlab o‘tkazmaymiz" -  dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri v.b..

Lavrov o‘z nuqti yakunida, “ikki tomonlama strategik hamkorlik barcha shakllari shunchaki, tegishli hujjatlarda qog‘ozda emas, balki amalda o‘z aksini topgan, hamda ular aniq raqamlar va faktlarga ega”, deb ta’kidladi.

Lavrov Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari haqida: biz qog‘ozda emas, amalda ittifoqchimiz