Kamilov va Lavrov Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifini muhokama qilishdi

Kamilov va Lavrov so‘nggi 2-yilda O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari barqaror o‘sib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etishdi. 
Sputnik

TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. Bugun Toshkentda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati. 

"Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlikning amaliy jihatlariga alohida urg‘u berildi. Mazkur tashrif ikki tomonlama munosabatlarning yangi tarixidagi muhim voqea bo‘lishi kutilmoqda", - deyilgan xabarda. 

Shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari barqaror o‘sib borayotganini qamrovi kengayayotganini vazirlar mamnuniyat bilan qayd etishdi, deyilgan xabarda. 

Ikki yil ichida iqtisodiy sohaning o‘zida vazirlik va idoralar, hududlar delegatsiyalari, kompaniyalar rahbarlari, ishbilarmon doiralarning 130 dan ortiq tashriflari amalga oshirildi. Ushbu ijobiy dinamikaga avvalo ikki mamlakat liderlari o‘rtasida o‘rnatilgan ishonchli munosabatlar va o‘zaro anglashuv sababli erishildi, deyilgan rasmiy xabarda.