TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tgan yil oxirida Tojikistonnning So‘g‘d viloyatida bo‘lib o‘tgan soxta Yulduz Usmonovaning konsert videosi tarqaldi.
Soxta Yulduz Usmonovaning Istaravshan shahrida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan konsert yangi yil bayrami oldidan 24-dekabr kuni o‘tkazildi.
Tojikiston huquq tartibot organ xodimlari tomonidan ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlarini amalga oshirib, konsert tashkilotchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi: Jamshid ismli shaxs - tashkilotchi rolida bo‘lgan Saidjon G‘aniyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 247 - moddasining 2-qismi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Tergov ishi davom etmoqda.