Qirg‘iziston fuqaroligini olish bo‘yicha o‘zbekistonliklar yetakchi o‘rinda - grafik

So‘nggi besh yilda nechta o‘zbekistonlik Qirg‘iziston fuqaroligini olgani ma’lum bo‘ldi. Tahlillarga ko‘ra, 2015-2018 yillarda Qirg‘iziston fuqaroligini eng ko‘p o‘zbekistonliklar olgan.
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. Oxirgi besh yil davomida asosan O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiyadan kelganlar Qirg‘iziston fuqaroligini olgan. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston tahliliy ma’lumot tayyorladi.

Davlat fuqaroligini berish haqida hujjatni Qirg‘iziston prezidenti tomonidan imzolanadi. Oxirgi marta hujjat 2019-yil 30-dekabrda imzolandi – 978 nafar fuqaro Qirg‘iziston fuqaroligini oldi.

2015 yildan beri 22 456 kishi Qirg‘iziston fuqaroligini olgan. Ularning aksariyati 82 foizi etnik qirg‘izlar.

2015-2018 yillarda Qirg‘iziston fuqaroligini eng ko‘p o‘zbekistonliklar olgan. 2019-yilda esa qirg‘iz fuqaroligi eng ko‘p tojikistonliklarga berilgan.

So‘nggi besh yil davomida 12 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar Qirg‘iziston fuqaroligini olgan. (2015 yilda – 4470 kishi, 2016 y. – 3401, 2017 y. – 2341, 2018 y.-1284, 2019-yil 10 oyda - 887).

Ta’kidlanishicha, Ukraina, Moldova, Pokiston, Xitoy, Turkiya va Misrdan kelgan kishilarga ham mamlakat fuqaroligi berilgan.