Sankt-Peterburg migrantlar uchun bayramga 1,5 mln rubl sarflaydi

Xususan, Rossiyaning shimoliy poytaxtida bir nechta milliy jamoalar konsertlari bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbek, tojik, kavkaz va rus xalq raqslarini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Sankt-Peterburg hukumati migrantlar uchun to‘rtta bayram tadbirlarini o‘tkazishga 1,43 mln rubl ajratadi. Bu haqda Davlat xaridlari saytida ma’lum qilingan.

Chet elliklarni rus choy ichish an’analari bilan tanishtirishadi, ularning farzandlari uchun esa ko‘ngilochar tadbirlar tashkillashtiriladi.

O‘zbekcha lezginka: Peterburgda Navro‘z ayyomi qanday nishonlandi

Qolaversa, bir nechta milliy jamoalar konsertlari rejalashtirilgan, unda o‘zbek, tojik, kavkaz va rus xalq raqslarini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, tadbir mehmonlariga migratsiya qonunchiligi, ishga joylashish va ijtimoiy, tibbiy va huquqiy yordam olishga oid maslahatlar beriladi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oxirida Alisher Babayev O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsuli etib tayinlangani xabar qilingan edi.