Putin Rossiya bosh vaziri lavozimini Mixail Mishustinga taklif etdi

Dmitriy Medvedev Vladimir Putinning Federal kengashga murojaatidan so‘ng, hukumat to‘liq tarkibda iste’foga chiqishi haqida bayonot qildi
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal soliq xizmati rahbari Mixail Mishustin nomzodini bosh vazir lavozimiga taklif etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Kreml matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligini vaqtincha to‘xtatdi

Putin Mishustin bilan ishchi uchrashuv o‘tkazib, unga hukumat raisi lavozimini taklif etdi.

Roziligini olgach, u Mishustin nomzodini bosh vazir lavozimiga ko‘rib chiqishi uchun Davlat dumasiga kiritdi.

Dmitriy Medvedev Hukumat iste’fosi haqida Putinning Federal kengashga murojaatidan so‘ng e’lon qildi.

Vladimir Putin Federal soliq xizmati rahbari Mixail Mishustinga hukumat rahbarligini taklif etdi.

Dmitriy Medvedev 15-yanvar kuni o‘z jamoasi bilan iste’foga chiqdi.