Lavrov Rossiya iqtisodiyoti dollardan voz kechishi haqida so‘zlab berdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Times of India nashriga bergan intervyusida nima sababdan Moskva dollarda hisob-kitob qilishdan voz kechishni ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik.  Moskva dollarda hisob-kitob qilishdan voz kechishni AQSh iqtisodiy siyosatining oldindan bashorat qilib bo‘lmasligiga javob sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Times of India nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Sabr tugadi: Rossiya va Turkiya dollardan voz kechdi

“AQSh ma’muriyatining sanksiyalarni kuchaytiruvchi moliyaviy vositalaridan tobora tajovuzkorona foydalanishi fonida Rossiya iqtisodiyotni bosqichma-bosqich dollarsizlashtirishni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, bizning asosiy sheriklarimiz bilan, shu jumladan, Hindiston bilan ikki tomonlama savdo va investitsiya aloqalarini rivojlantirishga qo‘yilgan cheklovlarning salbiy ta’sirini kamaytiradigan iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqmoqdamiz.”, - deya Lavrov so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, bunday ishlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu milliy valyutalardagi hisob-kitoblarni kengaytirishdir. U o‘tgan yilning iyun va oktabr oylarida Xitoy va Turkiya bilan hisob-kitoblar va to‘lovlar bo‘yicha tegishli hukumatlararo bitimlar tuzilganini va BRIKS doirasida esa markaziy banklar tomonidan tegishli vakillik hisobvaraqlarini ochish to‘g‘risida kelishuvlarga erishilganini eslatdi.

Lavrov Moskva va Dehli sarmoyalarni o‘zaro himoya qilish bo‘yicha yangi hukumatlararo bitimni tayyorlash bo‘yicha ishlarni davom ettirayotganini qo‘shimcha qildi.

Rossiya TIV bugun, 15-yanvar kuni Nyu-Dehliga tashrif buyuradi va hindinstonlik hamkasbi Subrahmanyam Jaishankar bilan muzokaralar o‘tkazadi.