Xalqaro dzudo federatsiyasi prezidenti O‘zbekistonga keldi

Marius Vizer tashrifi davomida Toshketda 2021-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatini o‘tkazish borasida shartnoma imzolanadi.
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. Xalqaro dzudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqida Xalqaro dzudo federatsiyasi raisi O‘zbekistonga keldi. Bu haqida Sputnik muxbiri O‘zbekiston dzudo federatsiyasi matbuot xizmatiga asosan xabar qilmoqda.

“Marius Vizer tashrifidan maqsad - O‘zbekiston hamda Xalqaro dzudo federatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, ikki tomonlama Memorandum imzolash va eng muhimi 2021-yili kattalar o‘rtasida o‘tkaziladigan jahon chempionati mezbonligini mamlakatimizga topshirishdan iboratdir”, - deyilgan xabarda.  

Navbatdagi jahon chempionati 2021-yili Toshkentda tashkil etish rejalashtirilmoqda. Musobaqa ko‘p tarmoqli, muhtasham "Humo Arena"da o‘tkaziladi.

Ushbu nufuzli musobaqa mezbonligini Toshkentga berilishi o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. O‘tgan yili aynan "Humo Arena"da Toshkent Gran-prisi yuqori saviyada, muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazilgandi. Bunga ishtirokchi davlat rasmiy delegatlari, murabbiylar, sportchilar va tabiiyki IJF mutasaddilari ham ijobiy baho berishgan edi.

Marius Vizer 15-yanvar kuni soat 14:00dan boshlab O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida 2021-yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati hamda IJFning yillik Kongressini Toshkentda o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolanadi. Keyin Xalqaro dzudo federatsiyasining "Dzudo maktablarda" dasturi yuzasidan Memorandumga imzo chekiladi. Shartnoma imzolanishida bizdan O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport hamda Xalq ta’limi vazirliklari mutasaddilari ishtirok etishadi.

Shundan so‘ng Marius Vizer ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Unda IJF prezidenti tadbirda hozir bo‘lgan ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga atroflicha javob beradi.