TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. Bag‘dod shimoliy qismida joylashgan AQSh harbiy bazasi - “Et-Taji” raketa zarbasiga raketa zarbasi amalga oshirildi, deb ma’lum qildi Iroq armiyasi. RIA Novosti xabariga asosan.
Zarba “Katusha” tipidagi quroldan olib borilgan. Ta’kidlanishicha, hech kim halok bo‘lmagan.
Yakshanba kuni ham AQSh harbiylari joylashgan “Balad” bazasi ham raketa zarbasiga uchragandi.
Yaqin sharqda vaziyat keskinlashuvi
AQSh 2019-yil 29-dekabr kuni Iroq va Suriyadagi shialarning “Kataib Hizbullah” guruhi obyektlariga zarba berdi.
2020 yil 3-yanvarga o‘tar kechasi AQSh Bag‘dod xalqaro aeroporti yaqinida amaliyot o‘tkazdi, uning davomida eronlik general Qosim Sulaymoniy va Iroq shia ko‘ngilli qo‘shinlari rahbarining o‘rinbosari Abu Mahdi al-Muhandis o‘ldirildi. Vashington ularni 31-dekabr kuni AQShning Iroqdagi elchixonasi va koalatsiya bazasiga uyushtirilgan hujumlarga aloqador deb hisobladi.
Eron oliy yetakchisi Ali Xominaiy Sulaymoniyning o‘limi uchun AQShdan qasos olishga va’da berdi.
Iroq parlamenti "Islom davlati"*ga qarshi kurash koalitsiya bitimini bekor qilish va mamlakatdan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqilishiga ovoz berdi.
8 yanvarda Eron AQShning Iroqda joylashtirilgan bazalari bo‘ylab 15 ta ballistik raketalarni uchirdi.