Iroq qo‘shinlarni olib chiqishni talab qilsa, AQSh yordamni kamaytiradi - OAV

Iroq AQShdan qo‘shinlarini olib chiqishni talab qilsa Vashington Kongres tomonidan ma’qullangan moliyaviy yordamni qisqartirishi mumkin - OAV.
Sputnik

TOShKENT, 15-yanvar - Sputnik. Agar Iroq AQSh qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqishni qaror qilsa, AQSh harbiy yordamni qisqartiradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti WSJga asoslanib. 

Nashrning xabar berishicha, agar Bog‘dod harbiylarni chiqarib yuborsa, Donald Tramp ma’muriyati Iroqqa harbiy yordamni 250 million dollarga qisqartirilishini tayyorlamoqda.

Iroq yana Rossiyadan S-300 raketa tizimini sotib olish istagini bildirdi

Ta’kidlanishicha, Kongress ushbu yordamni allaqachon ma’qullagan. Bundan tashqari, ma’muriyat boshqa iqtisodiy va harbiy yordamni ham qisqartirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Lekin hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Bag‘dodda AQSh kuchlari tomonidan Eron generali Kassam Sulaymoniyning o‘ldirilishi ortidan, Iroq parlamenti qonun kuchiga ega bo‘lmagan va AQSh qo‘shinlarini olib chiqishni talab qiladigan rezolyutsiya qabul qildi. Keyinchalik, AQShning Iroqdagi qo‘shinlari qo‘mondoni tomonidan chiqishga tayyorgarlik haqida gapirilgan xat tarqatildi, ammo Pentagon bu xat faqat "xomaki" ekanligini aytdi. AQSh Mudofaa vaziri Mark Esperning aytishicha, amerikaliklarning Iroqni tark etish rejalari yo‘q.