Toshkentda taniqli dizayner Nariman Grigoran o‘ldirib ketildi

Bugun, 14-yanvar kuni Toshkentda mashhur dizayner va xoreograf Nariman Grigoran o‘ldirib ketildi. Qotillik Yashnobod tumanida kechasi sodir bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. Bugun, 14-yanvar kuni mashhur dizayner va xoreograf Nariman Grigoran o‘ldirib ketildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qotillik poytaxtning Yashnobod tumanida kechasi sodir bo‘lgan.

Sputnik muxbiriʼga huquq tartibot organlaridagi manbasi bu xabarni tasdiqladi.

Nariman Grigoran - xoreograf, dizayner va modelyer, “Nariman Grigoryan” brendining asoschisi. U 2004 -2008 yillarda O‘zbekiston raqs akademiyasida tahsil olgan.

Grigoran xalqaro raqs tanlovlarida O‘zbekistondan yagona hakam sifatida ishtirok etib kelardi.