Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilarini orden va medallar bilan mukofotladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan 112 nafar harbiylarni mukofotladi.
Sputnik

TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yuzdan ortiq harbiy xizmatchi va organ xodimlarini mukofotladi.

Xotin-qizlar Vatan himoyachilarini tabriklashdi - video

Farmonda ular mamlakatning mudofaa qudrati va harbiy-texnik salohiyatini yuksaltirish, davlat xavfsizligi va chegaralar daxlsizligini ta’minlash, professional milliy armiyani shakllantirish, harbiy xizmat nufuzini oshirishdagi katta xizmatlari, jamoat tartibini saqlash, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi samarali mehnati, xizmat burchini bajarishda mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuqori malaka va mahoratga ega kadrlarni tayyorlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun orden va medallar bilan mukofotlagani qayd etilgan.

Farmonga muvofiq 6 kishi I va II darajali “Shon-sharaf” ordeni, 7 kishi “Do‘stlik” ordeni, 7 kishi “Mardlik” ordeni, 21 kishi “Jasorat” medali, 36 kishi “Sodiq xizmatlari uchun” medali, 35 kishi esa “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin.