TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. Parhezshunos olimlarga ko‘ra banan mevasini qish faslida iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, banan kishini depressiyadan xolos etadi.
Qayd etilishicha, tarkibidagi triptofan moddasi tufayli parhezshunoslar bananni aynan sovuq fasllarda oziqlanish ratsioniga qo‘shib turish kerakligini maslahat berishadi.
Chunki ushbu aminokislota kunlar qisqaradigan kuz va qish faslida inson organizmi uchun juda zarur bo‘lgan serotonin gormonining ishlab chiqishiga yordam beradi.
Serotonin inson uchun xush kayfiyat ulashuvchi gormon hisoblanadi. Kuniga bir dona banan yegan kishi o‘zini yaxshi his qiladi va depressiv kayfiyatdan xolos bo‘ladi.
Bundan tashqari banan — kaliyning tabiiy manbai bo‘lib, qondagi kislota-ishqor muvozanati, suv-tuz muvozanati, buyraklarning bir tekis ishlashini tartibga soladi.
Qon bosimini bir meyorda ushlab, yurak qisqarishlarini tartibga soladi.
Shu sababli ushbu mevani yurak-qon tomirlarlari kasalliklarida profilaktika sifatida iste’mol qilish tavsiya etiladi.
120 g massadagi banan 100-200 quvvatga ega. Shuning uchun bu meva ajoyib parhez nonushta bo‘la oladi.
Banan tarkibida qand moddasi ko‘p bo‘lib, bir dona banan iste’mol qilish organizmning uglevodlarga bo‘lgan kunlik talabini 40 foizga to‘yintiradi.
Shuning uchun past uglevodli parhez tutayotganlarga banan iste’mol qilish maslahat berilmaydi.