Mirziyoyev farmonlari bilan poytaxt va viloyatlar hokimlari lavozimlariga tayinlandi

Joylarda bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari viloyat kengashlarining sessiyalaridan so‘ng prezident Toshkent shahar va viloyatlar hokimlarini tayinlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
Sputnik

TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga asosan hamda xalq deputatlari viloyat kengashlarining qarorlariga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarini lavozimga tayinlash to‘g‘risida farmonlar qabul qildi.

Prezident farmonlariga muvofiq tayinlandilar:

  • Xolmatov Rustam Qurbonnazarovich Toshkent viloyati hokimi lavozimiga:
  • Saliyev Ergash Alibekovich Jizzax viloyati hokimi lavozimiga;
  • Barnoyev O‘ktam Isoyevich Buxoro viloyati hokimi lavozimiga;
  • Abdurahmanov Shuhratbek Kushaqbayevich Andijon viloyati hokimi lavozimiga;
  • Tursunov Kobul Beknazarovich Navoiy viloyati hokimi lavozimiga;
  • Turdimov Erkinjon Oqbutayevich Samarqand viloyati hokimi lavozimiga;
  • Mirzayev G‘ofurjon G‘aniyevich Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga;
  • Bobolov To‘ra Abdiyevich Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga;
  • G‘aniyev Shuhrat Madaminovich Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga;
  • Ermanov Farxod Urazboyevich Xorazm viloyati hokimi lavozimiga;
  • Artikxodjayev Jahongir Abidovich Toshkent shahar hokimi lavozimiga;
  • Bozarov Xayrullo Hayitbayevich Namangan viloyati hokimi lavozimiga;
  • Mirzayev Zoyir Toirovich Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga.