O‘zbekiston U-23 jamoasi Xitoy ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoy ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruhda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.
Sputnik

TOShKENT, 13 yanv - Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Xitoy ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi, deb xabar qilmoqda O‘FA.

Birinchi taym oxirida O‘zbekiston jamoasi Islomjon Qobilov amalga oshirgan jarima to‘pi hisobi evaziga oldinga chiqib oldi.

Ikkinchi taym boshida Xitoy jamoasi xatosi tufayli raqib darvozasiga yana bir jarima to‘pi belgilangan edi, lekin Qobilovga dubl to‘p kiritish nasib etmadi.

Lekin 2-taym oxiriga kelib O‘zbekiston jamoasi yana bir to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. To‘xtasinov hisobni 2:0 qilishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekiston U-23 jamoasi Xitoy ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

Xitoy ustidan erishilgan g‘alaba tufayli O‘zbekiston jamoasi guruhda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi va 4 ochko jamladi.

Ayni damda U-23 Osiyo chempionatida birinchi o‘rinda Janubiy Koreya 6 ochko bilan birinchi o‘rinda. Kecha koreyaliklar Eron ustidan 2:1 hisobida mashaqqatli g‘alabaga erishishdi.

Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichining eng so‘nggi o‘yinida Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston jamoasi Janubiy Koreya bilan uchrashadi.

O‘zbekiston U-23 jamoasi Xitoy ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi