Rossiya va Belarus neft tranziti tariflari borasida kelisha olmadi

Moskva va Minsk Rossiya neft va neft mahsulotlarini Belarus orqali tranzit qilish tariflari to‘g‘risida kelisha olmadi.
Sputnik

Moskva va Minsk Rossiya neft va neft mahsulotlarini Belarus orqali tranzit qilish tariflari to‘g‘risida kelisha olishmadi, deya xabar beradi Belarus Monopoliyaga qarshi tartibga solish va savdo vazirligining matbuot xizmati RIA Novosti’ga.

Dushanba kuni ikki mamlakatning monopoliyaga qarshi idoralari vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

"Avgust oyida biz transport hajmlarni pasayishi sababli 2019-yil uchun transportning haqiqiy hajmini va o‘tgan yili "Gomeltransneft Drujba"OAJ tomonidan olinmagan daromad miqdorini ko‘rishga kelishib oldik va buni 2020-yilda hisobga olamiz. Shuning uchun metodologiyada nazarda tutilganidek inflyatsiya tarkibiy qismiga, shuningdek, ko‘rilmagan daromadlar joriy yilda koplanib ketishi uchun tarifni oshirish taklif qilindi", - deya tushuntirdi bo‘lim vakili.

Belarus prezidenti Shavkat Mirziyoyev yuborgan urug‘lardan qovun yetishtirdi

Uning ta’kidlashicha, Moskva "Gomeltransneft Drujba" tomonidan olib borilgan hisob-kitoblarga oid savollarga ega, shuning uchun ularni yaqin orada mutaxassislar darajasida o‘tkaziladigan yig‘ilishda aniqlashtirishga qaror qilindi.

Dekabr oyi o‘rtalarida Federal Monopoliyaga qarshi Xizmat, Belarus Rossiyadan neftni transportirovka qilish uchun tarifni 2020-yilda 16,6 foizga oshirishni taklif qilganini ma’lum qildi.

Vazirlik ta’kidlashicha, agar 15-yanvargacha ushbu masala hal etilmasa, tariflar "Rossiya Federatsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining prognoz parametrlarida belgilangan 2020-yilga o‘rtacha iste’mol narxlari indeksining miqdoriga (3,8%) 3% qo‘shilgan – ya’ni 6,8% ga oshiriladi"

1 sentabrdan boshlab Belarus Drujba magistral quvurining Belarus uchastkasi orqali neftnitransportirovkasi uchun tarifni 3,7% ga oshirdi. Keyinchalik, "Drujba" magistral quvurining Belarus operatori - "Gomeltransneft Drujba" OAJ kompaniyasining bosh muhandisi Andrey Verigo: “transportirovka tarifining 21% ga ko‘tarilishi 2019-yil oxirigacha ifloslangan neft bilan bog‘liq hodisada Belarusning barcha xarajatlarini qoplashga imkon bergan bo‘lar edi,” degan fikrni bildirdi.