Human Rights Watch rahbarini Gonkongga kiritishmadi

Tashkilot bayonotida aytilishicha, voqea 12-yanvar, yakshanba kuni, Rot Gongkongga uchib kelganidan so‘ng ro‘y bergan.
Sputnik

TOShKENT, 13 yanv - Sputnik. Gongkong hukumati Human Rights Watch (HRW)  xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot ijrochi direktori Kennet Rotga ma’muriy tuman hududiga kirishiga rad javobini berdi.

HRW: O‘zbekiston inson huquqlari borasida yangi sahifa ochdi

"Men HRWning yangi butun jahon dokladini taqdim etish uchun Gonkongga uchib keldim. Bu yil unda Xitoy hukumati inson huquqlari himoyasi tizimiga qay tarzda putur yetkazayotgani haqida aytilgan. Lekin hukumat menga hozir Gonkongga kirishni ta’qiqladi, bu muammo ziddiy tus olayotganini ko‘rsatadi", - deb yozgan Rot o‘zining Twitter-akkauntida.

Tashkilot bayonotida aytilishicha, voqea 12-yanvar, yakshanba kuni, Rot Gongkongga uchib kelganidan so‘ng ro‘y bergan. "Immigratsiya bilan shug‘ullanuvchi hukumat a’zolari AQSh fuqarosi, Rotga u Gongkong xalqaro aeroportiga kelib qo‘nganida (Gongkongga) kira olmasligini aytishdi", - deyiladi tashkilot xabarida.

Gongkong hukumati rad etish sababini taqdim etmagan.

O‘tmishda Human Rights Watch rahbari Gongkongda ko‘plab marotaba bo‘lgan. Xususan, 2018-yilning aprelida, u XXR mehnat bozorida gender diskriminatsiya bo‘yicha dokladini taqdim etgan.