AQSh yana bir davlatni talamoqchi. U Rossiyadan qurol sotib olishni o‘ylab qoldi

The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Amerika qo‘shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga uringani uchun Iroqni jiddiy jazolash yo‘lini topdi.
Sputnik

Ivan Danilov

The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Amerika qo‘shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga uringani uchun Iroqni jazolashning jiddiy chorasini topdi. Ushbu jazo chorasi nafaqat Iroq iqtisodiyotiga jiddiy zarba beradi, balki Amerika rasmiylariga o‘nlab milliard dollarni olib qo‘yish imkoniyatini yaratadi.

AQSh Iroq bilan qo‘shinlarni chiqarish masalasini muhokama qilmoqchi emas

The Wall Street Journal manbalariga ko‘ra, vaziyat dollarga asoslangan moliyaviy tizimdan foydalangan holda geosiyosiy shantajning yorqin misoliga o‘xshaydi: "Iroq rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati bu hafta Iroqni Bag‘dod Ameriqa qo‘shinlarini berilgan zarba natijasida Eron generalini haloq bo‘lganligini ro‘kach qilib quvib chiqarsa, hukumatning muhim bank hisob raqamidan foydalanish huquqidan mahrum bo‘lishi haqida ogohlantirgan. Davlat Departamenti, AQSh Iroq Markaziy bankining Nyu-Yorkdagi Federal rezerv bankida joylashtirilgan xisob raqamiga Iroq uchun ishlatish xuquqini yopib qo‘yishi haqida ogoxlantirdi, bu o‘z yo‘liga Iroqning shundoq ham beqaror iqtisodiyotiga yanayam kattaroq zarar yetkazishi mumkin, deb xabar beradi Iroq rasmiylari".

Mojaroning mohiyatini esga olish kerak. Yaqinda Eronning eng nufuzli rasmiy mulozimi o‘ldirilganidan keyin Vashington Iroq parlamentida "g‘alayon"ga duch keldi, unda shia partiyalari hukumatdan AQSh harbiylarini mamlakatdan haydab chiqarishni talab qilishdi. Bu AQSh hukumati rasmiylarining juda xaotik reaksiyasini keltirib chiqardi: birinchi navbatda, Iroqqa "Iroq suverenitetini hurmat qilgan holda" qo‘shinlar olib chiqib ketilishi to‘g‘risida rasmiy xat keldi, ammo keyin Pentagon bu "noto‘g‘ri xat" hatoliq bilan yuborilganini va hech kim xech narsani olib chiqib ketmasligini  e’lon qildi.

Juma kuni CNN telekanalining xabar berishicha, Davlat departamenti rasmiylari "AQSh Iroq rahbariyatining qo‘shinlarni olib chiqib ketish mexanizmini yaratish to‘g‘risida iltimosiga qaramay, mamlakatdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emasligini bayon qilishdi".

Iroq yana Rossiyadan S-300 raketa tizimini sotib olish istagini bildirdi

Mamlakatidan qo‘shinlarini rasman olib chiqib ketishi zarurligiga javoban Amerika o‘z qo‘shinlarini qoldirishini sababi sifatida nihoyatda bema’ni va xaqoratomuz sabab ko‘rsatmoqda. Davlat kotibi Mayk Pompeo shunday dedi: "Bizning vazifamiz juda aniq: biz bu mintaqada o‘quv missiyasini tugatish, Iroq xavfsizlik kuchlariga muvaffaqiyatli bo‘lishiga va IShID*ga qarshi kampaniyasini davom ettirishga yordam berish uchun turgan edik. Biz ushbu vazifamizi davom ettirmoqchimiz."

Bundan kelib chiqadiki, AQSh nuqtayi nazaridan Iroq armiyasi Iroq hukumatining xohishiga qarshi "o‘qitiladi" va agar "The Wall Street Journal" ning ma’lumotlari to‘g‘ri bo‘lsa, Iroq hukumati "Amerika harbiy yordamidan" bosh tortgani uchun Iroqning Amerikadagi Markaziy banki hisobdagi barcha davlat dollarlarini musodara qilish bilan jazolanadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, AQSh Bag‘dodga nisbatan ushbu keskin ta’sir chorasini biroz sustroq shaklda qo‘llagan: 2015-yilda Nyu-York Federal rezerv banki Iroq Markaziy bankining dollar hisob raqamlarini bir necha hafta davomida yopib qo‘ydi, bu esa mamlakatda jiddiy moliyaviy inqirozni keltirib chiqardi. Unda Amerika rasmiylarining xatti-harakatlariga rasmiy sabab Eron tomonidan AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun Iroq moliyaviy tizimidan foydalangan degan "shubha"bo‘lgan.

Donald Tramp ma’muriyati muzlatib qo‘yishi yoki hatto musodara qilishi mumkin bo‘lgan Iroq dollarlarining aniq miqdorini aniqlab bo‘lmaydi, chunki Federal Rezerv o‘z tizimida xizmat ko‘rsatadigan markaziy banklarning dollar hisobvaraqlari bo‘yicha aniq ma’lumotlarni oshkor qilmaydi. Ammo sanksiyalar qo‘llanilgan taqdirda AQSh ulushi miqdori uch milliard dollarni tashkil qilishi mumkin - bu chet el ommaviy axborot vositalarida keltirilgan milliy statistikaga muvofiq Iroq Markaziy bankining AQShdagi depozitlari miqdori.

Aviakompaniyalarga Eron va Iroq ustidan uchmaslik maslahat berildi

The Wall Street Journal haqli ravishda ta’kidlaganidek, Iroq uchun salbiy oqibatlarning muhim qismi nafaqat bu pulning yo‘qolishi, balki butun mamlakatning dollar moliya tizimiga kirish bilan bog‘liq bo‘ladi: "Iroqning dollarlarga kirishini cheklash (Iroq) dinorining qiymatini pasayishiga olib kelishi mumkin. 2015-yilda sodir bo‘lganidek, bu Iroqda yana dollarning sotib olinishiga olib kelishi mumkin, chunki jismoniy shaxslar, kompaniyalar va banklar qattiq valyutani olishga harakat qilishadi. Bu kabi devalvatsiya jiddiy iqtisodiy muammolarga olib kelishi mumkin, u yollanma ishchilar, kompaniyalar va hokimiyatning sotib olish qobiliyatini pasaytiradi”.

Iroq neftini eksport qilish Qo‘shimcha muammo bo‘ladi: Iroq uni dollarga sotmoqda va AQSh sanksiyalari ostida esa Iroq xozirda halqaro savdo valyutasiga yo‘li yopilgan Eronning hozirgi ahvoliga tushib qoladi.

Aftidan, Vashington Iroqni o‘zi xohlaganicha cheksiz boshqarish uchun eng yaxshi og‘riq nuqtasini topdi. Ammo, ehtimol, bu homxayoldir, ayniqsa uzoq muddatli istiqbolda qarasangiz.

Agar hozir Iroqdan qo‘shinlarni olib chiqish to‘xtatilgan taqdirda ham, bu kichik g‘alaba uzoq muddatli qiyinchiliklarga olib keladi. Birinchidan, bunday tahdidning mavjudligi (va ayniqsa uni amalga oshirish) nafaqat Iroqni, balki boshqa barcha davlatlarni - neft eksport qiluvchilarni shunga o‘xshash sanksiyalarni qo‘llashdan himoya qilish uchun o‘z operatsiyalarini dollarsizlashtirishga undaydi. Ikkinchidan, nufuz nuqtayi nazardan, Vashingtonning bunday xatti-harakatlari Amerika tashviqotining barcha harakatlariga qaramay AQShning nafaqat Yaqin Sharqda obro‘siga putur yetkazadi. Amerika Qo‘shma Shtatlarining mintaqada ta’sir o‘tkazish uchun kuchli raqobatchilari bo‘lmaganda, nufuz qarashlarni e’tiborsiz qoldirish mumkin bo‘lar edi (garchi bu uzoqni ko‘zlamagan holda qabul qilingan qaror bo‘lmasa ham), ammo hozir mintaqada nufuz uchun Xitoy, Eron va Turkiya kurashmoqdalar va Rossiyaning ta’siri tobora o‘sib bormoqda va bularning barchasi amerikalik ekspertlar va media hamjamiyatida katta tashvishga sabab bo‘lmoqda.

Qatar Iroq tiklanishiga milliard dollar ajratmoqchi

Va bu yo‘nalishdagi birinchi harakatlar allaqachon mavjud. Iroq parlamenti a’zolariga tayanib, juma kuni xabar qilinganidek, " Kreml Yaqin Sharqdagi ishtirokini kuchaytirmoqchi va Bag‘dod va Vashington o‘rtasiga sovuqchilik tushirish niyatida turganida, mamlakat Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimini sotib olishni ko‘rib chiqmoqda. Iroq qonunchilarining ta’kidlashicha, AQSh Bog‘dodni qo‘llab-quvvatlashini to‘htatib qo‘yishi mumkin degan xavotirga javoban hukumat Rossiyaning S-400 havo mudofaasi tizimini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga qaror qilgan."

Vashington o‘z ittfoqchilari va yo‘ldosh davlatlarini dollar va sanksiyalar orqali bg‘gani sayin, ko‘proq prezident va xukumatlar haqiqiy mustaqillik ikki  ustunga tayanishini tushunib yetishapti: Rossiyaning kuchli havo mudofaasi tizimlari va Amerika moliya tizimidan mustaqillik.

* IShID Rossiyada ta’qiqlangan terrorchilik guruhi.