Osiyo chempionati-U23. O‘zbekiston Xitoyga qarshi maydonga tushadi

Tailandda o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatining ikkinchi turida o‘zbekistonlik olimpiyachilar xitoylik tengqurlariga qarshi maydonga tushishadi.
Sputnik

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Bugun, 12-yanvar kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatida ikkinchi tur uchrashuvini o‘tkazadi. Ushbu turda o‘zbekistonlik olimpiyachilar xitoylik tengqurlariga qarshi maydonga tushishadi.

U-23 Osiyo chempionatida O‘zbekiston Eron bilan durang o‘ynadi

O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:15 da boshlanadi.

Terma jamoa ishtirokidagi mazkur uchrashuvni qatarlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Songxla shahridagi so‘nggi o‘yinga Abdulrahmon Al-Jassim bosh hakam etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki turda Lyubinko Drulovich shogirdlari Eron terma jamoasiga qarshi 1:1 hisobida durang natija qayd etishgan edi.