TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Abxaziya prezidenti saylovlari 2020-yil 22-mart kuniga belgilandi. Bu haqda Sputnik Abxaziya xabar qilmoqda.
Abxaziya Markaziy saylov komissiyasi raisi Tamaz Gogiyning so‘zlariga ko‘ra, sana to‘g‘risidagi qaror yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda komissiya a’zolaridan tomonidan bir ovozdan qabul qilingan.
Shuningdek, mamlakat MSK raisini saylash to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqilgan. Ushbu lavozimga Tamaz Gogiy qayta saylangan.
Eslatib o‘tamiz, abxaz muxolifati mana bir necha oydirki 2019-yil sentabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari yakunlariga qarshi norozilik bildirib keladi. 9-yanvar kuni faollar Suxumda Raul Xajimba iste’fosini talab, norozilik namoyishini uyushtirishdi.
10 yanvar kuni mamlakat Oliy sudining kassatsiya instatsiyasi MSKning bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari natijalari to‘g‘risidagi qarorini noqonuniy deb topdi.
Xajimba kassatsiya hay’ati qarori ustidan Oliy sud Rayosatiga shikoyat keltirmoqchi.