Avstraliyada tabiiy ofat sabab yuzaga kelgan vaziyat issiq va quruq ob-havo tufayli qiyinlashmoqda. Ayrim joylardagi yong‘inlar shunchalik kuchli, tutun esa shunchalik quyuqki, olovni havodan o‘chirishning imkoni bo‘lmay qoldi.
Mamlakat hukumati yong‘inni o‘chirish uchun barcha texnikalarni safarbar qilgan. Tunu kun o‘t o‘chiruvchilar va ko‘ngillilar yong‘inni o‘chirishga harakat qilishmoqda. Yong‘in tufayli Avstraliyaning janubiy-sharqiy qirg‘oqlarida keng ko‘lamli evakuatsiya amalga oshirilmoqda.
Ko‘plab yulduzlar yong‘inga qarshi kurashish uchun katta mablag‘lar ajratishmoqda. Xususan, aktor Leonardo Di Kaprio uch million dollar, aktrisa Nikol Kidman va qo‘shiqchi Nikol Kidman ikki kishi uchun bir million ajratishdi. Qo‘shiqchi Kayli Minoug qutqaruvchilar hisobiga 500 ming dollar o‘tkazdi.