AQSh Xitoy va Rossiyaga qarshi turish uchun Osiyoda harbiy ishtirokini kuchaytiradi

Taxminlarga ko‘ra, bo‘linma Tayvan va Filippin sharqidagi orollarda joylashadi, aniq muddati hozircha aytilmayapti.
Sputnik

TOShKENT, 11-yanvar - Sputnik. AQSh qurolli kuchlari Tinch okeani mintaqasiga Xitoyga qarshi axborot, elektron, raketa va kiber operatsiyalarni amalga oshirishga qodir bo‘lgan maxsus tezkor guruhni yuborishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Bloomberg Qo‘shma Shtatlar Quruqlikdagi kuchlari vaziri Rayan Makkartining intervyusiga tayanib.

AQSh-Eron mojarosi: Yaqin Sharqda keskinlik pasayadimi

Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus tezkor guruh amerika aviatashuvchi guruhlarni Osiyoning materik qismidan uzoqlashtirishga qaratilgan Rossiya va Xitoyda mavjud bo‘lgan ba’zi imkoniyatlarni zararsizlantirishi mumkin.

Qabul qilinayotgan qadamlar AQSh harbiy-kosmik razvedkasi milliy boshqarmasi bilan yangi kelishuv bilan mustahkamlanadi.

Shunday qilib, AQSh armiyasining tezkor guruhlari Yerning past orbitasida mavjud va bo‘lajak sputniklar haqida ma’lumotlarni yaxshiroq qo‘lga kiritishlari mumkin.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlar AQShga Tinch okeani mintaqasida yangi modelni yaratish imkonini beradi, bunda quruqlikdagi qo‘shinlar havo va dengiz kuchlari uchun dushman mudofaasida "teshik ochishi" mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, bo‘linma Tayvan va Filippin sharqidagi orollarda joylashadi, ammo joylashtirish muddati hozircha oshkor etilmayapti.

Avvalroq Sputnik radiosi Yaponiya Mudofaa vazirligi Yaqin Sharqqa esmines va samolyot yuborgani haqida xabar bergan edi.