Attestatsiyadan o‘ta olmagan OTMlarga 1-yil muddat berildi

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha Davlat inspeksiyasi 2018-2019 yillar davomida 26ta OTMni attestatsiyaga jalb etgan.
Sputnik

TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda ta’lim sifatini tekshirish bo‘yicha 26 ta davlatdan tajriba o‘rganilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

Vazirlar mahkamasi xuzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayevning ma’lum qilishicha, akkreditatsiya muddati o‘tganligi bois 2018-2019 yillar davomida 26 ta OTM attestatsiyaga jalb etilgan.

Tahlillar natijasiga ko‘ra 12 ta OTM attestatsiyadan o‘tgan, ulardan 13 tasi shartli ravishda o‘tgan. Bitta OTM attestatsiyadan o‘ta olmagan. Attestatsiyadan qoniqarsiz o‘tgan OTMlarga kamchiliklarni bartaraf etish uchun 1-yil muddat berilgan.

Shuningdek, “Ta’lim sifatini tekshirish borasida 26ta davlatdan tajriba o‘rgandik”,  deydi Ulug‘bek Tashkenbayev.

Bundan tashqari 2019-yilning sentabr oyida 22ta Otm hamda va 5 ta ilmiy tadqiqot muassasalarida attestatsiyadan o‘tmagan ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari hamda ixtisosliklari qayta attestatsiyadan o‘tkazilgan.

Qayta attestatsiya natijasiga ko‘ra 69 ta ta’lim yo‘nalishlaridan 15tasi attestatsiyadan o‘tmagan.

So‘ng  63 ta ixtisoslikdan 19 tasining attestatsiyadan o‘tmaganligi yuzasidan to‘xtamga kelinib, qabul to‘xtatilishi bo‘yicha tegishli vazirliklarga ma’lumot kiritilgan.