O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi ahvoldan tashvishdaligini bildirdi

O‘zbekiston tomoni o‘ta bosiqlik tarafdori bo‘lib, taranglikni kamaytirish va mintaqadagi vaziyatni mo‘tadillashtirish uchun qarama qarshi tomonlarni siyosiy-diplomatik choralar ko‘rishga chaqirib qolgan.
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda Markaziy Osiyoga bevosita tutash Yaqin Sharqda yuz berayotgan voqealar alohida tashvish bilan qarshi olinmoqda, deb bayonot qildi mamlakat tashqi ishlar vazirligi.

Ukraina samolyoti qulagan joyda qutqaruvchilar ishlamoqda - video

"Harbiy-siyosiy holatning yanada keskinlashishi ko‘plab insonlar qurbon bo‘lishiga va keng ko‘lamli gumanitar falokatga olib kelishi mumkin, hayotiy muhim iqtisodiy aloqalar va kommunikatsiya yo‘llarini vayron qiladi, mintaqaviy va global xavfsizlikka tuzatib bo‘lmas zarar yetkazadi", - deyilgan xabarda.

O‘zbekiston tomoni o‘ta bosiqlik tarafdori bo‘lib, taranglikni kamaytirish va mintaqadagi vaziyatni mo‘tadillashtirish uchun qarama qarshi tomonlarni siyosiy-diplomatik choralar ko‘rishga chaqirib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev  Tehron shahri yaqinida Ukrainaning yo‘lovchi samolyoti qulashi va ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Ukraina va Eron Prezidentlariga hamdardlik maktublarini yo‘llagan edi.

Samolyot bortida bo‘lgan 179 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolarining barchasi qurbon bo‘lgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, samolyot dvigatelining yonib ketishi aviahalokatga sabab bo‘lgan.