O‘zbek kompaniyasi Tojikistonda zavod quradi

Mazkur o‘simlik yog‘i ishlab chiqaruvchi korxonani Tojikistonning Sug‘d viloyatida ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. O‘zbekistonning “Progress biznesindastr” kompaniyasi Tojikistonda o‘simliq yog‘i ishlab chiqarish zavod qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sputnik Tojikiston “Xovar” nashriga tayangan holda xabar qilmoqda.

Daryo-daryo yog‘: ekspert YeOIIga a’zolik O‘zbekistonga nima berishini aytdi

“O‘simlik yog‘i ishlab chiqarish korxonasini Sug‘d viloyatida ochish rejalashtirilmoqda”,  - deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu masala mintaqa rahbari Rajabboy Ahmadzodaning “Progress biznesindastr” rahbari Shuhrat Toshev bilan uchrashuvi davomida muhokama qilingan.

Bundan tashqari, tomonlar iqtisodiy munosabatlar va ularni rivojlantirish yuzasidan fikr almashishgan.

“Progress biznesindastr” kompaniyasi O‘zbekistonning yetakchi korxonalaridan biridir. O‘simlik yog‘i ishlab chiqaruvchi zavod Toshkent viloyatida joylashgan. Korxona mahsulotlari asosan ichki bozor hamda Afg‘oniston va Qirg‘izistonda sotiladi.