U-23 Osiyo chempionatida O‘zbekiston Eron bilan durang o‘ynadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda o‘tayotgan Osiyo chempionatida o‘zining dastlabki uchrashuvini o‘tkazdi.
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda o‘tayotgan Osiyo chempionatida o‘zining dastlabki uchrashuvini o‘tkazdi. “S” guruhidan o‘rin olgan jamoa bu turda eronlik futbolchilarga qarshi maydonga tushdi.

Birinchi bo‘limda raqibidan har tomonlama ustunlik qilgan Lyubinko Drulovich shogirdlari 40-daqiqada Islom Qobilovning penaltidan kiritgan goli evaziga tanaffusga kichik hisobdagi ustunlik bilan yo‘l olishdi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Ikkinchi bo‘limda eronlik futbolchilar muvozanatni tiklay oldilar. Rizo Dehg‘oni 58-daqiqada o‘zbekistonliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Jamoalar har qancha harakat qilishmasin, uchrashuvda hisob boshqa o‘zgarmadi va jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib olishdi.

Shu tariqa Lyubinko Drulovich shogirdlari musobaqani durang bilan boshladi. Guruhning ikkinchi o‘yini Janubiy Koreya va Xitoy olimpiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.