Sergey Lavrovning Toshkentga tashrifi kechiktirildi  - TIV

Xalqaro tadbirlar jadvalidagi o‘zgarishlar tufayli Sergey Lavrov Toshkentga 3 kun keyin keladigan bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘zining O‘zbekistonga tashrifini 3 kun ortga surdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIVi.

"9 yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Sergey Lavrov bilan telefon suhbati o‘tkazdi. Suhbat davomida tomonlar ikki taraflama hamda xalqaro mavzular borasida fikr almashishgan. Shuningdek xalqaro tadbirlar jadvali o‘zgarishi munosabati bilan Sergey Lavrovning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi 12-13 yanvardan 15-16 yanvarga ko‘chirildi", - deyilgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrif dasturi oldin kelishilgani tartibda, o‘zgarishsiz qoldiriladi, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Mariya Zaxarova Lavrov Toshkentga 12-13 yanvar kunlari tashrif buyurishni rejalashtirayotgani haqida  xabar qilgan edi. Tashrif davomida Rossiya vaziri O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi ham belgilangan edi.