Olimlar umrni o‘n yilga uzaytirish usulini aytdilar

Foydali odatlar, xususan, muntazam bajariladigan jismoniy mashg‘ulotlar va sog‘lom ratsion inson hayotini taxminan o‘n yilga uzaytirishi mumkin, deya ta’kidlashmoqda Garvard va Amsterdam universitetining amaliy fanlar bo‘yicha olimlari.
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Mutaxassislarning ish natijalari British Medical Journal nashrida chop etildi. Tadqiqotda ilmiy ish boshlangan vaqtda hech qanday dard bilan og‘rimagan yuz ming nafardan ortiq 50 yoshdan oshgan odamlar ma’lumotlaridan foydalanilgan. RIA Novosti xabari asosida.

O‘zbekistonda umr davomiyligi rekord tempda oshmoqda

Ularning salomatligi 20-yildan ko‘p vaqt davomida kuzatilgan. Tadqiqotchilar keyinchalik ishtirokchilarda yurak-qon tomir kasalliklari paydo bo‘lgani, ular saraton yoxud ikkinchi tipdagi qand kasalligiga chalinganliklari holatlariga ham e’tibor qaratishgan. Shuningdek, kasallik qaysi yoshda paydo bo‘lgani va natijada ishtirokchi qancha yashaganini ham qayd etilgan.

Natijada ekspertlar tomonidan besh turdagi xatarlar aniqlashtirilgan: bular ichkilik, "o‘rtacha" dozada alkogol iste’moli, tarkibida yog‘ yoki shakar miqdori haddan ziyod bo‘lgan nosog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollikning o‘ta pastligi va tana indeksi asosida hisoblangan ortiqcha vazn.

Tadqiqotda alkogolning o‘rtacha dozasi ayollar uchun 175 millilitr vino yoki 375 millilitr pivo; erkaklar uchun 350 millilitr vino yoki 750 millilitr pivo hisobida olingan.

Ushbu beshta omil bo‘yicha inson 50 yoshga to‘lgach, "qancha sog‘lom yillarga" umid qilishi mumkinligi aniqlangan.

To‘rt yoki beshta foydali odatlarga ega ayollar (foydali oziqlanish, jismoniy faollik, chekish va alkogol iste’molidan to‘liq voz kechgan, shuningdek normal vaznni ushlab turish), — o‘rtacha 84,4 yil umr kechirganlar. Bunday odatlarga ega bo‘lmaganlar  73,7 yil umr ko‘rgan. Erkaklar uchun bu ko‘rsatkich 81,1 yoshni tashkil etgan (73,5 yoshga qarshi).