Eron halokatga uchragan samolyot surishtiruvining dastlabki natijalarini e’lon qildi

Tehron aeroportidan osmonga ko‘tarilgan Ukraina yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Buning oqibatida 176 kishi qurbon bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Tehronda qulab tushgan Ukrainaning Boeing samolyoti yer bilan to‘qnashishdan oldin alanga olgan. Bu haqda RIA Novosti Eron aviatsiya tashkiloti hisobotiga tayangan holda xabar qilmoqda.

“Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, olov samolyotdan ko‘rinib turgan va uning fuzelyaji bo‘ylab yoyilgan”, - deyiladi hujjatda.

Eron osmonidagi fojia: Ukraina samolyoti qulashi aks etgan video paydo bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, samolyotning uchish trayektoriyasi nosozlik yuzaga kelgandan so‘ng ekipaj uni ortga, aeroport tomon qaytarganini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, uchuvchilar bortda favqulodda holat ro‘y bergani haqida xabar qilishmagan.

Eslatib o‘tamiz, Tehron aeroportidan osmonga ko‘tarilgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari" kompaniyasining Boeing-737 yo‘lovchi samolyoti bir necha daqiqadan so‘ng halokatga uchradi. Fojia oqibatida 176 kishi kishi halok bo‘ldi. Yo‘lovchilarning aksariyati Eron fuqarolari bo‘lishgan – 140 kishi. Shuningdek, ular orasida Ukraina, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya hamda Afg‘oniston fuqarolari ham bo‘lishgan. Ukrainada aviahalokat sababli motam kuni e’lon qilindi.