Putin Fattoh Shodiyevni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Rossiya prezidenti kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Fattoh Shodiyevni madaniyat va san’at sohasiga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi uchun orden bilan mukofotladi.
Sputnik

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoniga binoan O‘zbekistonning Jizzax viloyatida tug‘ilgan, qozog‘istonlik milliarder Fattoh Shodiyev “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqida Moskva Davlat Xalqaro munosabatlari instituti matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, orden Fattoh Shodiyevning Rossiya madaniya va san’at sohasiga qo‘shgan katta hissasi hamda ko‘p yillik samarali faoliyati uchun taqdim etilgan.

“Fattoh Qayumovichni oliy mukofot bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Ishlariga omad va yangi zafarlar tilaymiz!”, - deyilgan MGIMO matbuot xizmati tabrik so‘zida.

Ma’lumot uchun, Fattoh Shodiyev — ERG (Yevroosiyo guruhi) va IMR (International Mineral Resources) kompaniyalarining aksiyadorlaridan biri, Xalqaro Shodiyev fondi asoschisi. Shodiyev 1976-yilda  MGIMOni bitirgan.